COVID-19 KXDRga yetib bordi. Hozirgacha 18 ming nafar fuqaro kasallangani aytilmoqda

COVID-19 KXDRga yetib bordi. Hozirgacha 18 ming nafar fuqaro kasallangani aytilmoqda

KXDRda 18 mingdan ortiq fuqaroda COVID-19 holati tasdiqlandi. Bu haqda juma kuni Yonhap agentligi Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligiga (STAK) tayanib xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, KXDRda koronavirus infeksiyasi tufayli olti nafar bemor vafot etgan.

Payshanba kuni STAK mamlakat hududida “yashirin omikron” nomi bilan ham tanilgan BA.2 omikron shtammining kichik turi topilgani haqida xabar berdi. Shu munosabat bilan Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosining yig‘ilishi chaqirilib, unda KXDR yetakchisi Kim Chen In ishtirok etdi. Shimoliy Koreya rahbari mamlakatning barcha shahar va tumanlarida karantin joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!