COVID-19 2013 yilda Xitoyda paydo bo‘lgan va bu yashirilgan — mutaxassis

COVID-19 2013 yilda Xitoyda paydo bo‘lgan va bu yashirilgan — mutaxassis

SARS-CoV-2 virusi butun dunyoga 2013 yildan beri ma’lum bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jeneva universiteti kasalxonasi yuqumli kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish xizmati boshlig‘i Didye Pitt RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, 2013 yilda Xitoyning Vuxan shahridan taxminan 1100 kilometr uzoqlikdagi g‘orlarda 96 % COVID-19 ga o‘xshash virus topilgan. Ehtimol, bu virusni Uxandagi laboratoriyalardan biri aniqlagan (shaharda koronaviruslar bilan ishlaydigan bir nechta laboratoriyalar bor). Bu laboratoriyalarda ishlaydigan odamlar nashrlar va dissertasiyalar tayyorladilar, keyinchalik ular yo‘qoldi. Odatda, mutaxassislar yangi virus ustida ishlaganda, uni muzlatib qo‘yishadi. "Ammo laboratoriya bu namunani topa olmadi. Bu esa biroz xavotirli", - deydi Didye Pitt.

Ekspertning fikricha, bu SARS-CoV-2 laboratoriyada yaratilgan degani emas. Ammo bu shuni ko‘rsatadiki, ehtimol olimlar COVID-19 ga o‘xshash virus 2013 yilda topilganligini yashirishgan.

Virus pandemiyaga aylanishi uchun uning tabiatda bir muncha vaqt yashashi zarur, deydi mutaxassis. Ehtimol, SARS-CoV-2 biz bilan siz o‘ylagandan ko‘ra oldinroq paydo bo‘lgan.

Buning bilvosita boshqa ko‘rsatkichlari ham bor, deya qo‘shimcha qiladi Pitt. Shunday qilib, 2019 yilning kuzida Uxan yaqinida harbiy Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bir nechta jamoalarning sportchilari grippga o‘xshash alomatlar bilan kasal bo‘lib qolishdi. Va shuning uchun ham ba’zi sportchilar o‘yinlarda qatnasha olishmadi, bu harbiylar uchun g‘ayrioddiy. "Demak, virus allaqachon mavjud bo‘lgan va e’lon qilinishidan oldin ham Yevropada bo‘lgani haqida dalillar bor", - dedi Didye Pitt.

Bu holat batafsil tekshirishni talab qiladi, deya ta’kidladi ekspert. Bu nafaqat virus global pandemiya miqyosida rivojlanishi uchun qancha vaqt ketishini tushunish uchun, balki bunday vaziyatlarning oldini olish uchun keyingi safar yaxshiroq javob berish uchun ham zarurdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!