COVAX programmasi bo‘yicha qaysi talablarga binoan mamlakatlarga vaksinalarni tarqatiladi?

COVAX programmasi bo‘yicha qaysi talablarga binoan mamlakatlarga vaksinalarni tarqatiladi?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholining koronavirus infeksiyasi bo‘yicha bergan savollariga javob qaytarildi. 

— Birin talab:  davlat Vaksina va Immunizasiya Global Alyansiga (GAVI) a’zo bo‘lish kerak;

Ikkinchi talab: davlatda mukammal immunoprofilaktika tizimi mavjud bo‘lishi va vaksinalarni saqlash, tashish va ishlatishda sovuqlik zanjiriga rioya etilayotganligi, emlash ishlarini amalga oshirish uchun yuqori saviyali mutaxassislarning borligi, emlash jarayonida xavsizlikning kafolatlanganligi e’tiborga olinadi.

Uchinchi talab:  davlatlar o‘z mablag‘lari xisobidan vaksina sotib olayapdimi, COVAX dasturi orqali vaksina olish uchun buyurtma berganmi, kabi savollarga javob olingandan keyin buyurtma beruvchi davlatning 20% aholisini qamrab olish imkonini beruvchi muruvvat yordami beriladi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!