“Coca Cola” Ronalduga javob qaytardi

“Coca Cola” Ronalduga javob qaytardi

"Coca Cola" kompaniyasi Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduga Vengriya bilan o‘yin oldidan (3:0) o‘tkazilgan matbuot anjumanida gazli suv idishlarini chetga surib qo‘yganiga munosabat bildirdi.

O‘zining bayonotida "Coca-Cola" "har kimning ichimlik ichish uchun o‘ziga xos didi borligini" ta’kidlab, har kimning ehtiyojlari turlicha ekanligini ta’kidladi.

Bir kun oldin turli ommaviy axborot vositalari Ronalduning harakati tufayli "Coca-Cola" 4 milliard dollar yo‘qotganligi haqida ma’lumot tarqatishdi, ammo kompaniya bu haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd etdi.

Ronaldu avval ham Coca-Cola va Pepsi-dan foydalanmasligini bir necha bor tan olgan, u hech qachon bu ichimliklarni reklama qilmagan va o‘g‘liga ichishni taqiqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!