“Chuqursoy” bojxona posti xodimlari tomonidan tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berilmoqda

“Chuqursoy” bojxona posti xodimlari tomonidan tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berilmoqda

Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlariga qaratilayotgan e’tibor yaratilayotgan qulayliklar iqtisodiyotimizning rivojlanishiga yo‘l ochmoqda.

Jumladan, bojxona organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni doimiy qo‘llab-quvvatlash, ular duch kelayotgan mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ham muntazam ravishda joylarda tadbirkorlar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar va sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi uchrashuvlarda "Chuqursoy" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan “Global Company”,”Visage Electric”, “Osiyo Batareya”, “Shincontractorg” korxonalari tashrif buyurib, ishlab chiqarish ob’ektlari faoliyati va ularning eksport hamda import jarayonlarini o‘rganildi.

Post xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini amalga oshirishdagi muammolari o‘rganildi, shuningdek, ularga bojxona sohasida yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlar talablari yetkazildi.

Uchrashuvlarda post xodimlari tadbirkorlarga o‘z vakolatlari doirasida doim amaliy ko‘mak berishga tayyorligini aytib o‘tishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!