"Chorvoq oromgohi" yaxlit sotiladigan bo‘ldi

"Chorvoq oromgohi" yaxlit sotiladigan bo‘ldi

Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskani yaxlit mulkiy majmua sifatida ommaviy savdolarga chiqariladigan bo‘ldi. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.
Oromgohni sotish, Davaktiv uchun odatiyga aylangan 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1.Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi, saralanadi.


2.Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari va to‘lov qobiliyati baholanadi.


Savdolarda ishtirok etishni istagan talabgorlar 2021 yilning 8 noyabriga qadar belgilangan hujjatlar to‘plamini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etishi kerak. Undan tashqari tadbirkor o‘zi taklif qilayotgan zaklat pulining va 5%ini ham to‘lov qilishi kerak.


Alohida shartlar:


Dam olish maskanidan kelgusida mehmonxona va/yoki boshqa turizm infratuzilmasini saqlab qolish va rivojlantirish;
daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriyga rioya etish talabi qo‘yiladi;
“Chorvoq oromgohi” dam olish maskanining “IMPRO GmbH” LTD (Germaniya) oldidagi 573 568,47 YEVRO miqdoridagi qarzdorligini to‘lash (2022 yil 1 fevraldan boshlab grafik asosida);
davlat aktivini sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi;
E’lon bilan batafsil Davaktiv agentligi saytida tanishish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!