Chortoq tumanida "Damas" haydovchisi yo‘l chetida turgan piyodani urib ketdi

Chortoq tumanida "Damas" haydovchisi yo‘l chetida turgan piyodani urib ketdi

Joriy yil 14 iyul kuni soat 10:30 larda, "Beshtol" MFY ichki yo‘lida, Chortoq tumanida yashovchi, 1982 y.t. fuqaro "Damas" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘l chetida turgan piyoda, Chortoq tumanida yashovchi, 1989 y.t. fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda chap oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 30 iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!