Chiroyli ammo xavfli gullar

Chiroyli ammo xavfli gullar

1. Cicuta maculata
Ushbu gul tarixiy buyuk shaxs Suqrotning o‘limiga sababchi bo‘lgan gul hisoblanadi.
U Shimoliy Amerikada ham “eng zaharli o‘simlik” deya ta’riflangan. Bu o‘simlik tufayli ko‘pchilik vafot etgan va tirik qolganlari ham amneziya va surunkali qaltirash bilan aziyat chekishlari mumkin.

2. Atropa belladonna
Afsonalarga qaraganda Makbetning askarlari bosqinchi daniyaliklarni ushbu o‘simlik bilan zaharlagan. Bu o‘simlik zaharli bo‘lib, barglari va ildizlarida atropin va skopolamin moddasi mavjud va mushaklarning falaj bo‘lishiga sababchi bo‘ladi, shu jumladan yurakka ham salbiy ta’sir o‘tkazadi.

3. Ageratina altissima
Mazkur o‘simlik sabab Abraham Linkolnning onasi zaharlangan edi. U asosan Shimoliy Amerikada uchraydigan o‘simlik bo‘lib, mayda oq gullardan tashkil topgan va tarkibida trematol deb nomlanuvchi zaharli spirt mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish natijasida emas balki, bechora Nensi Xanks shu o‘simlikni yegan sigirning sutini ichibgina zaharlangan edi. Zaharlanishning belgilari - ishtahaning yo‘qolishi, kuchsizlik, tilning qizarib ketishi va shu kabilardir.

4. Ricinus communis
Bezak sifatida o‘stiriladigan bu o‘simlik Afrikada keng tarqalgan bo‘lib tarkibida zaharli moddalarni o‘z ichiga oladi va kam miqdorda iste’mol qilish o‘limga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha kichkina hayvonlar va yosh bolalar bu o‘simlik qurboniga aylanib qolishi mumkin.

5. Nerium oleander
Qadimgi Rimda oqsoqol Pliniy tomonidan tasvirlangan, oleander o‘zining ajoyib gullari bilan mashhur o‘simlikdir. Odatda to‘siq va bezak sifatida o‘stiriladigan bo‘lsada, bu o‘simlik xavfli bo‘lib, oleandrin va neriin deb nomlanuvchi o‘ldiradigan glikozidlarni o‘z ichiga oladi. Agar ushbu o‘simlik bilan zaharlansa bemorda qusish, yurak urishining tezlashishi kabi alomatlar yuzaga chiqadi va oxir oqibatda o‘limgacha boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!