Chiroqchida qiz bola notanish erkak tomonidan kaltaklandi

Chiroqchida qiz bola notanish erkak tomonidan kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani hokimligi yonida bir qiz kaltaklani haqida videolavha chiqarilgan.

Aniqlanishcha, 24.04.2021 yil soat 22-00 larda Chiroqchi tumani Mustaqillik ko‘chasidagi avtoshoxbekatda fuqaro T.Nni o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs urib tan jarohati yetkazgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan holatlar buyicha  02.05.2021 yilda  Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov jarayoni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!