Chiroqchida ikki Nexia to‘qnashuvida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Chiroqchida ikki Nexia to‘qnashuvida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ikki Nexia ishtirokida yuz bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 12 iyul kuni soat 09:20 lar atrofida Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan Yettitom—Qarshi yo‘lining 53-kilometrida harakatlanib ketayotgan Nexia-1 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-2’ga to‘qnashgan.

Oqibatda har ikkala mashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Nexia-1’da yo‘lovchi sifatida ketayotgan ona-bola, Nexia-2’da esa bir nafar yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!