Chirchiqda xonadonga "musofir” bo‘lib kirganlar bosqinchi bo‘lib chiqdi

Chirchiqda xonadonga "musofir” bo‘lib kirganlar bosqinchi bo‘lib chiqdi

2023 yil 31 yanvar kuni soat 20:30 larda 3 nafar noma’lum shaxslar oldindan jinoiy til biriktirgan holda bir guruh bo‘lib, o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilishni maqsad qilishadi. Ular Chirchiq shahar 3-kichik nohiyada joylashgan dehqon bozori yonidagi do‘konda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan 49 yoshli T.A.ning oldiga kelishib, o‘zlarini go‘yoki musofir sifatida tanishtirib, yegulik uchun biror-bir narsa berishini iltimos qilishgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

T.A. ularni o‘zining yashash xonadoniga olib borib, ular bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirishgan vaqtida 2 ta noma’lum shaxslar xonadondagi yog‘ochdan bo‘lgan javon ustida turgan metall bolg‘a bilan unga hujum qilib, qimmatli narsalari va pullarini berishini talab qiladi. T.A.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uni bolg‘a bilan urib, keyin tanasining turli joylariga tepib jarohat yetkazishadi va xonadondan 8.310.000 so‘mlik maishiy texnika va 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli S.M., A.A. va 22 yoshli X.A.lar sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Samsung” rusumli televizor ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.M., A.A. va X.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a,b,v” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar prosessual tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!