Chirchiqda temir yo‘l vagon ustida «selfi» tushmoqchi bo‘lgan o‘quvchini 27 ming voltli tok urdi

Chirchiqda temir yo‘l vagon ustida «selfi» tushmoqchi bo‘lgan o‘quvchini 27 ming voltli tok urdi

Toshkent viloyati Chirchiq temir yo‘l vokzalida vagon ustida «selfi» tushmoqchi bo‘lgan yigit og‘ir tan jarohat oldi. Bu haqda «Zamon» informasion-tahliiliy dasturida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, 12 oktyabr kuni soat 14:20 larda 4 nafar maktab o‘quvchisi poyezd vagoni ustida suratga tushishga garov bog‘lashgan. Ularning orasidan 14 yoshli Ruslan vagonning ustiga chiqqan va temir yo‘l poyezdi ustiga o‘rnatilgan yuqori kuchlanishli elektr tokidan jarohat olgan. Oqibatda Ruslanni 27 ming voltli tok urib, og‘ir tan jarohat yetkazgan. Tok urgach Ruslan yerga yiqilgan va Toshkent shahridagi 16-sonli shahar kasalxonasiga olib kelingan.

Bunday baxtsiz hodisalarni kamaytirish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati, Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli, Ichki ishlar vazirligi va qator mutasaddi tashkilotlar tomonidan «Xavfsiz yo‘l» deb nomlangan tadbir o‘tkazilgan. Targ‘ibot tadbirida mahalla faollari, ota-onalar va yoshlar qatnashgan. Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning o‘tgan 9 oyida temir yo‘l bilan bog‘liq 15 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!