Chilonzorda uylardan biri portlab ketdi

Chilonzorda uylardan biri portlab ketdi

Favqulotda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining birlamchi xabariga ko‘ra, joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 22:13 da poytaxtning Chilonzor tumanining yettinchi kvartalida joylashgan 59-uyda, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Voqea yetti qavatli uyning 36-kvartirasida sodir bo‘lgan.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun vazirlikning yong‘in-qutqaruv ekipaji darhol voqea joyiga yetib bordi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda, uy aholisi jabrlanmagan. Qurbonlar yo‘q. 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!