Chilonzorda haydovchi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Chilonzorda haydovchi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi piyodani urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur YTH tafsilotlarini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 15 noyabr kuni soat 08:50 da Chilonzor tumani Beshyog‘och ko‘chasida Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 43 yoshli Ilyos N. 34 yoshli Kristina CH.ni urib yuborgan. YTH natijasida piyoda tan jarohatlari olib, tibbiy yordam uchun murojaat qildi.

Nexia rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini mensimasdan, qarama-qarshi harakat yo‘lagiga o‘tib ketib, boshqariladigan piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!