Chilonzor va Furqat tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Chilonzor va Furqat tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. sherigi F.O. orqali fuqaro G.ga kuchli ta’sir qiluvchi 3 dona “Tropikamid” va 56 dona “Regapen” dori vositalarini 2,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, A.J.ning ko‘rsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda, fuqaro M.S. fuqaro A.J.ga 30 dona “Tropikamid” va 224 dona “Regapen” dori vositalarini jami 6,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Furqat tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.E. boshqa bir fuqaro A.ga 14 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini hamda 4 dona o‘tkir hidli “gashish” giyohvandlik vositasini 740 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, uning boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina saloni ko‘zdan kechirilganda, yana 8 dona “Karbamazepin” nomli dori vositasi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!