Chilonzor tumanida soxta shartnoma orqali uy-joy sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Chilonzor tumanida soxta shartnoma orqali uy-joy sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Sh.X.” MCHJ rahbari SH.A. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Sergeli tumani hududidan 9 qavatli turar-joy majmuasini qurayotganligini aytib, ushbu turar-joy majmuasidan 89 kv. metrli xonadonni 480 mln so‘mga sotishga kelishib, evaziga soxta shartnoma taqdim etib, 10 000 AQSh dollari va 130 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!