Chilonzor ko‘prigida 8ta avtomobil YTHga uchradi

Chilonzor ko‘prigida 8ta avtomobil YTHga uchradi

Bugun, 2022 yil 7 yanvar kuni soat 10:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasida:
1) haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi "Malibu" rusumli;
2) haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan I.P. boshqaruvidagi "Spark" rusumli;
3) haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvida bo‘lgan yana bir "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida haydovchi I.P. boshqaruvida bo‘lgan "Spark" avtomobili yo‘lovchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, 2022 yil 7 yanvar kuni Chilonzor tumanida, Chilonzor ko‘prigi ustida 5 ta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Hodisa Bunyodkor shohko‘chasi va Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasida barpo qilingan ko‘prikda ro‘y bergan.

Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilgan holda, tezlikni me’yoridan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!