Chikagoda otishma: 4 kishi o‘ldi, 4 kishi kasalxonada

Chikagoda otishma: 4 kishi o‘ldi, 4 kishi kasalxonada

Amerikaning Chikagoda shtatidagi xususiy uylardan birida otishma bo‘lib, to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar beradi Chicago Sun Times.

Otishma bilan yakunlangan mojaro 15 iyun kuni erta tongda Janubiy Morgan ko‘chasida sodir bo‘ldi. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari to‘rtta jasad va jarohatlanmagan kichkina qizchani topishdi. Taxminan 25 yoshdagi ikki erkak uchun shoshilinch yordam kerak edi - ularga boshning orqa qismidagi o‘qotar jarohatlar tashxisi qo‘yilgan, hozirda ularning ahvoli og‘ir.

Biroz vaqt o‘tgach, mojaroning 23 yoshli ishtirokchisi kasalxonaga yotqizildi, uning orqasiga o‘q tekkan va ko‘p qon yo‘qotgandi. Shifokorlar uning holatini o‘ta og‘ir deb baholamoqda.

Otishmaga nima sabab bo‘lganligi noma’lumligicha qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!