Chexiyada 2 ta niqob taqish majburiy etib belgilandi

Chexiyada 2 ta niqob taqish majburiy etib belgilandi

Chexiya Respublikasida COVID-19'ning "britancha shtamm"i tez tarqalayotgani tufayli karantin choralari kuchaytirilmoqda.

Endi mamlakat aholisidan birdaniga ikkita tibbiy niqob taqish talab etilmoqda. Bu haqda "Lenta" nashri xabar bermoqda.

Yangi talab do‘konlar, kasalxonalar, jamoat transporti va to‘xtash joylariga nisbatan qo‘llaniladi. Ko‘chada bitta niqob taqish mumkin. Sharflar, sharfga o‘xshash yoki uyda tikilgan niqoblardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, pulni tejash maqsadida aholining aksariyat qismi bir necha kun davomida bitta himoya vositasidan foydalanishmoqda, bu esa epidemiologik vaziyatni yanada kuchaytiradi.

Bugungi kunga kelib, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 112 milliondan oshdi. Qurbonlar soni deyarli 2,5 millionga teng.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!