Chernogoriyada uyushtirilgan otishmada kamida yetti kishi halok bo‘ldi

Chernogoriyada uyushtirilgan otishmada kamida yetti kishi halok bo‘ldi

Chernogoriya Chetine shahrida o‘t ochgan shaxs kamida yetti kishini o‘ldirgan. Bu haqda Chernogoriya radio va televideniyesi xabar bermoqda.

Polisiya jinoyatchini otib tashlagan.

Qayd etilishicha, jinoyatchi shahar ko‘chalari bo‘ylab yurib, yo‘ldan o‘tib ketayotganlarni otib tashlagan, ular orasida bolalar ham bor. Tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!