"Chelsi" Ronalduga taklif tayyorlamoqda

"Chelsi" Ronalduga taklif tayyorlamoqda

"Chelsi" "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun taklif tayyorlamoqda.

Mankunianliklar rahbariyati 37 yoshli futbolchining Pirs Morganga bergan intervyusidagi shov-shuvli bayonotlaridan so‘ng u bilan shartnomani bekor qilish ustida ishlamoqda. "Mirror" vakili jurnalist Saymon Mallokning so‘zlariga ko‘ra, "Chelsi" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda - "aristokratlar" agar u hozirgi jamoasi bilan shartnomani bekor qilsa, "Oltin to‘p"ning besh karra g‘olibi bilan bog‘lanishadi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2022 yilning yozida "Chelsi" futbolchisiga aylanishi mumkin edi. Ammo "Stemford Brij"ga transferni o‘sha paytda jamoani boshqargan germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel to‘sib qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!