"Chelsi" "Barselona" so‘ragan pulini bermoqchi

"Chelsi" "Barselona" so‘ragan pulini bermoqchi

"Chelsi" "Barselona"ning Pyer-Emerik Obameyang borasidagi 30 million yevrolik talabini qondirishga tayyor, deb xabar bermoqda Diario Sport.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli gabonlik futbolchi London klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Avvalroq, "Chelsi" Londonga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan futbolchining o‘zi bilan ijobiy muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Hujumchi o‘tgan mavsumda kataloniyaliklar safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq u Londonning "Arsenal" jamoasi sharafini ham himoya qilgan.

Transfermarkt portali Obameyangni 15 million yevroga baholangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!