"Chelsi" "Barselona" hujumchisini sotib olmoqchi

"Chelsi" "Barselona" hujumchisini sotib olmoqchi

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangni o‘z safiga chorlamoqda.

Relevo nashrining xabariga ko‘ra, "aristokratlar" rahbariyati 33 yoshli gabonlik borasida kataloniyaliklarga 14 million yevrolik taklif bilan chiqqan, biroq "Barsa" uni rad etgan.

"Ko‘k-anorranglilar" amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan Obameyangni sotish orqali 25 million yevro ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, forvard o‘tgan mavsumning o‘rtasida "Arsenal" bilan shartnomasini bekor qilib, "Barsa" o‘yinchisiga aylangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!