Chegarada Qirg‘iziston tomonidan O‘zbekistonga giyohvand moddalar uloqtirish holatlari kuzatilmoqda

Chegarada Qirg‘iziston tomonidan O‘zbekistonga giyohvand moddalar uloqtirish holatlari kuzatilmoqda

Andijonning Qirg‘iziston bilan chegara hududida qo‘shni davlat tomonidan giyohvand moddalarni O‘zbekiston hududiga otish va ushbu yo‘l bilan mamlakatga ularni olib kirish holatlari aniqlanmoqda. Bu haqda DXX chegara qo‘shinlari matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan xizmat o‘tash vaqtida Andijon viloyati Paxtaobod tumani Uyg‘ur qishlog‘i hududidan o‘tuvchi o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasida Qirg‘iziston tomonidan uloqtirilgan 587 gramm gashish moddasi topilgan.

Hozirda mazkur giyohvand moddaning kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Paxtaobod tumanida yana bir holat qayd etilib, unda 1990 yilda tug‘ilgan fuqarolar E.E. va A.H. chegaraoldi hududda DXX xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilganda, ularning yonidan 504 gramm gashish moddasi topilgan.

Aniqlanishicha, ushbu giyohvand modda ham qirg‘izistonlik shaxslar tomonidan davlat chegarasini ajratib turuvchi simto‘siqlar ustidan O‘zbekiston hududiga uloqtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!