Chegarachilar Farg‘onada katta miqdordagi noqonuniy olib o‘tilgan tovarlarni fosh qildi

Chegarachilar Farg‘onada katta miqdordagi noqonuniy olib o‘tilgan tovarlarni fosh qildi

Sifatini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan tovar-moddiy boyliklarining O‘zbekistona noqonuniy olib kirilishining oldini olish DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbirlar natijasida mamlakatga qo‘shni davlat hududidan noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tilishga urinilgan va xufyona joylarga yashirib qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklarining  qo‘lga olindi va davlat hisobiga musodara qilindi.

Tezkor tadbir davomida Farg‘ona tumani chegaraoldi hududidagi Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro V.D. xonadonida Davlat chegarasidan qonunga xilof ravishda olib o‘tilgan umumiy qiymati 62 mln. so‘m bo‘lgan turli xil parfyumeriya va qandolat mahsulotlari hamda televizor, fen kabi maishiy texnika vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, Farg‘ona tumani Arab aholi yashash punktida Qirg‘iziston Respublikasidan olib o‘tilgan umumiy qiymati 40 mln. so‘mga teng bo‘lgan egasiz buyumlar aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!