Charlz III ning ilk xorijiy safari ma’lum bo‘ldi

Charlz III ning ilk xorijiy safari ma’lum bo‘ldi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ilk xorijiy tashrifini Fransiyaga amalga oshiradi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Tashrif oktyabr oyida bo‘ladi. The Telegraph’ning qayd etishicha, Yelizaveta II hukmronligining oxirgi yetti yilida hech qaysi xorijiy davlatga bormagan, shu sababli yangi qirol “o‘tkazib yuborilgan imkoniyat o‘rnini to‘ldirishi kerak”. Charlz Emmanuel Makron bilan Afrikani “yashillashtirish” loyihasini muhokama qiladi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya TIV tashrifdan YEI bilan munosabatlarni normallashtirishda foydalanmoqchi.

Bundan tashqari, qirol Germaniyaga ham borishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Charlz III 10 sentyabrda qirol deb e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!