CCV: Arnasoydagi “Tez yordam” haydovchisiga esa chora ko‘rildi

CCV: Arnasoydagi “Tez yordam” haydovchisiga esa chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh odamlar yonilg‘isi tugab qolgan “Damas” rusumli avtotransport vositasini harakatga keltirishga urinayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Tasvir ortidagi ovoz egasi tomonidan bu mashina Zomin tumani “Tez yordam” xizmatiga tegishli ekanligi aytiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor o‘rganishlarga asoslanib quyidagilarni ma’lum qiladi.

Bugungi kunda tumanda 16 ta tez tibbiy yordam mashinasi bo‘lib, barchasining old qismiga “Ambulans” yozuvi tushirilgan.

‼️Surishtiruv va o‘rganishlar davomida videotasvirdagi “Damas” avtomashinasining Zomin tumani tez tibbiy yordam xizmatiga aloqasi yo‘qligi aniqlandi. Mashina old qismida “Ambulans” yozuvi mavjud emasligi ham buni tasdiqlaydi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yana bir videolavhada “Damas” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasiga ichimlik suvi to‘ldirilgan idishlar ortilayotgani aks etgan.

Aniqlanishicha, ushbu tasvirdagi davlat raqami 25 106 LAA bo‘lgan “Damas” avtomashinasi Jizzax viloyati Arnasoy tumanida joylashgan 2-son oilaviy poliklinikaga biriktirilgan tez tibbiy yordam xizmatiga qarashli avtotransport vositasi bo‘lib, voqea joriy yil 1 avgust kuni, haydovchi J.SH. navbatchiligida sodir bo‘lgan.

Haydovchi J.SH. shu kuni oilaviy poliklinikadan uncha uzoq bo‘lmagan yashash xonadoniga o‘ziga biriktirilgan “Tez yordam” avtomashinasida suv olib borgan.

Haydovchi ichimlik suvini poliklinika oldidagi vodoprovod kranidan olayotgan vaqtda binoga o‘rnatilgan videokamera tasviriga tushgan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar yakunida o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan J.SH. lavozimidan ozod etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!