Cafina Sadullayeva finalda

Cafina Sadullayeva finalda

Engil atletikachimiz Safina Sadullayeva saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final dasturida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan o‘ta oldi. Umuman olganda, A va V guruhlarida ishtirok etgan atletlardan 14 ishtirokchiga 1.95 metrdan o‘tish nasib qildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu dasturda qatnashgan boshqa bir vakilimiz Svetlana Radzivil 1.90 metr bilan saralashda qolib ketdi.

Ushbu yo‘nalishning final bahslari 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!