Byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS-xabarnoma ko‘rinishida yuboriladi

Byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS-xabarnoma ko‘rinishida yuboriladi

Byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni SMS-xabarnoma ko‘rinishida yuborish tizimi joriy etildi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik Axborot texnologiyalari markazi tomonidan UzASBO dasturiy majmuasida xodimlarning mobil telefon raqami kiritilganligi bo‘yicha to‘liq tekshiruv o‘tkazilgan. Mobil raqam kiritilmagan xodimlarning ma’lumoti tuzilib, raqamlarni tizimga kiritish, uning afzalliklari tashkilot mutasaddilariga tushuntirilgan.

«Hozirda byudjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi to‘g‘risida SMS xabarnoma yuborish tizimi joriy etilishi natijasida xodimlarga juda ko‘p qulayliklar yaratildi. Bu xodimlarga o‘z oylik ish haqi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni (nachisleno-uderjano-oplacheno) ko‘rish imkoniyatini beradi.

Buning natijasida xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari biriktirilgan xabarnoma mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida bosqichma-bosqich barcha tashkilotlarga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi», deyiladi Moliya vazirligi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!