Byudjet mablag‘larini eng ko‘p noqonuniy sarflagan vazirliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Byudjet mablag‘larini eng ko‘p noqonuniy sarflagan vazirliklar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil 1-chorakda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 248 ta nazorat tadbirlarining 198 tasida 43,3 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakka (9,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 4,6 martaga oshgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 275 ta nazorat tadbirlarining 212 tasida 23,3 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakka (7,9 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,9 martaga oshgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 289 ta nazorat tadbirlarining 242 tasida 41,2 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakka (5,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 7,6 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 116 ta nazorat tadbirlarining 111 tasida 22,4 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020 yil 1-chorakda 135,4 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan 42 ta nazorat tadbirlarining 36 tasida 16,1 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020 yil 1-chorakda 767 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi (3,3 mlrd.so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (3 mlrd.so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (2,7 mlrd.so‘m), Suv xo‘jaligi (2,5 mlrd.so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (2,2 mlrd.so‘m) vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (2,7 mlrd.so‘m) va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!