Buyuk Britaniyada yana bir keng ko‘lamli norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tadi

Buyuk Britaniyada yana bir keng ko‘lamli norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tadi

Britaniya davlat va tijorat xizmatlari ittifoqi (PCS) 100 ming kishi ishtirok etadigan navbatdagi norozilik aksiyasini e’lon qildi, deya xabar bermoqda euronews.

Avvalroq, PCS a’zolari o‘qituvchilar, universitet xodimlari va poyezd haydovchilari bilan birga 1 fevral kuni Bristol, Brayton, Birmingem va Londonda ish tashlash e’lon qilgan edi.

Buyuk Britaniya davlat xizmatchilari vakili bo‘lgan PCS kasaba uyushmasi ish haqini 10 foizga oshirish, pensiyalarni yaxshilash va ishdan bo‘shatishni to‘xtatishni talab qilmoqda.

Ish tashlashda 123 ta davlat organi, jumladan, Ta’lim, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirliklari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Hukumat avvalroq davlat xizmatchilariga ish haqini 3 foizga oshirishni taklif qilgan, biroq kasaba uyushmasi Buyuk Britaniyaning so‘nggi 40 yildagi o‘rtacha inflyasiya darajasiga mos ravishda ish haqini 10 foizga oshirishni talab qilmoqda.

Angliya va Uelsdagi o‘qituvchilar va maktab xodimlarini o‘z ichiga olgan eng yirik Milliy Ta’lim Ittifoqi (NEU) a’zolari ham 15-16 mart kunlari ish tashlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!