Buyuk Britaniyada oziq-ovqat narxlarida rekord darajadagi o‘sish kuzatildi

Buyuk Britaniyada oziq-ovqat narxlarida rekord darajadagi o‘sish kuzatildi

Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, oziq-ovqat savati narxi o‘tgan yilga nisbatan 10,6 foizga oshgan.

Chakana sotuvchilar elektr energiyasi, transport xarajatlari va xom ashyoning jahon narxlarining misli ko‘rilmagan o‘sishiga duch kelishmoqda. Bu mahsulotlarning yakuniy tannarxida o‘z aksini topdi, deb telekanal Britaniya Chakana savdo konsorsiumi vakili Xelen Dikkinsonning so‘zlarini keltiradi.

Shuningdek, mamlakatdagi millionlab uy xo‘jaliklarining kreditga olingan oziq-ovqat uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzi borligi xabar qilingan.

Oldinroq The Daily Telegrap Britaniya misli ko‘rilmagan qashshoqlik va moliyaviy inqirozga yuz tutish xavfi ostida ekanini yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!