Buyuk Britaniyada muzeyni qutqarish uchun qirolichaning buyumlari sotuvga qo‘yildi

Buyuk Britaniyada muzeyni qutqarish uchun qirolichaning buyumlari sotuvga qo‘yildi

Buyuk Britaniyadagi tarix muzeyi koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan moliyaviy muammolarni yengish uchun o‘ziga xos qadam tashladi. Muassasa 442 buyumni, shu jumladan qirolicha Viktoriya shaxsiy buyumlarini kim oshdi savdosiga qo‘ygan.

Muzey asoschisi va kolleksioneri Viktor Vind qirolichaning ichki kiyimlari madaniy muassasadagi eng qimmat narsadan emasligiga ishontirdi. Uning narxi besh-etti ming funtgacha sotilishi kutilmoqda.

To‘plamning eng qimmat eksponati — yo‘q bo‘lib ketgan dodo qushining suyagi. U, birinchi navbatda, odamlarning atrof-muhitga qanday zarar yetkazishi mumkinligini anglatadi.

«Bu dahshatli, yurakka og‘ir botadi. Men hech qachon bu qadar katta boyliklarimni sotishni o‘ylamagan edim, ammo bizda omon qolishning boshqa chorasi yo‘q», degan Vind.

Kim oshdi savdosi 6 may kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Qirolicha Viktoriyaning shaxsiy buyumlari o‘tgan yil ham kim oshdi savdosiga qo‘yilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!