Buyuk Britaniyada 2020-2021 yillarda alkogoldan o‘lim darajasi keskin oshdi

Buyuk Britaniyada 2020-2021 yillarda alkogoldan o‘lim darajasi keskin oshdi

Buyuk Britaniyada 2021 yilda alkogol iste’moli 10 mingga yaqin odamning o‘limiga sabab bo‘ldi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri Britaniya Milliy statistika boshqarmasiga tayanib.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Buyuk Britaniyada 9641 nafar alkogol bilan bog‘liq o‘lim qayd etilgan, bu rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Beshta o‘limning deyarli to‘rttasi jigar sirrozi, qolganlari spirtli ichimliklar bilan bog‘liq ruhiy kasalliklar va tasodifiy zaharlanish tufayli sodir bo‘lgan.

«Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri alkogol bilan bog‘liq o‘limlar keskin o‘sdi, alkogolli jigar kasalligi bu o‘limning asosiy sababidir. Bu o‘sish pandemiya davrida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning ko‘payishi bilan bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pandemiyadan oldin juda ko‘p ichgan odamlar, ushbu davrda spirtli ichimliklarni ko‘paytirishi mumkin»

, - dedi Milliy statistika boshqarmasi.

2020-2021 yillarda alkogoldan o‘lim darajasi keskin oshdi. O‘tgan yili 2019 yilga nisbatan 2 076 nafarga ko‘p (o‘sish 27,4 foiz) spirtli ichimliklar ichish oqibatida vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!