Buyuk Britaniya Zelenskiyga boshpana berishga tayyor

Buyuk Britaniya Zelenskiyga boshpana berishga tayyor

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mavjud vaziyat munosabati bilan Ukraina rahbariyatiga boshpana berishga tayyorligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Albatta, biz barcha yordamni beramiz", dedi Britaniya bosh vaziri.

Avvalroq Jonson Rossiyani jahon iqtisodiyotidan “siqib chiqarish”ga va rus kompaniyalariga dollar va funt sterling bilan savdo qilishni taqiqlashga va’da bergandi. Bundan tashqari, mamlakat Rossiya fuqarolarining Britaniya banklaridagi omonatlari miqdorini cheklaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!