Buyuk Britaniya va Ukraina raqamli savdo bo‘yicha shartnoma imzolaydi

Buyuk Britaniya va Ukraina raqamli savdo bo‘yicha shartnoma imzolaydi

Chorshanba kuni Buyuk Britaniya va Ukraina raqamli savdo shartnomasini imzolaydi, bu Ukrainaga boshqa imtiyozlar qatorida Buyuk Britaniyaning moliyaviy xizmatlari bozoriga kirish imkoniyatini beradi.

Bitimning asosiy bandlaridan biri ma’lumotlar almashish tartib-taomillarini soddalashtirishdir.

Ushbu bosqichda raqamli savdo o‘zaro ta’sirning asosiy usullaridan biriga aylanmoqda, chunki harbiy harakatlar va Ukraina infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazilganligi sababli, mamlakatlar o‘rtasidagi jismoniy savdo o‘ta qiyin yoki butunlay imkonsiz holga yetgandi.

Bitim Buyuk Britaniya va Ukraina o‘rtasida kiberxavfsizlik va yangi texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish imkonini ham beradi.

"Mamlakatlarimiz o‘rtasida bugun imzolanadigan tarixiy raqamli savdo bitimi o‘rtamizdagi zamonaviy savdoning yangi davriga yo‘l ochadi", — dedi Buyuk Britaniya tashqi savdo vaziri Kemi Badenok.

"Ushbu kelishuv bizning biznes va hukumatlarimiz yanada yaqinroq hamkorlik qilib, ukrainaliklarga asosiy tovar va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berishini anglatadi", — deydi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!