Buyuk Britaniya va Portugaliya  NATO harbiy xarajatlarini oshirishni taklif qildi

Buyuk Britaniya va Portugaliya  NATO harbiy xarajatlarini oshirishni taklif qildi

Buyuk Britaniya va Portugaliya bosh vazirlari NATOning harbiy xarajatlarini oshirishni taklif qilishdi

Buyuk Britaniya va Portugaliya bosh vazirlari Boris Jonson va Antonio Kosta NATOning harbiy xarajatlarini oshirish, shuningdek, alyansga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni taklif qildi. Bu taklif Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan «maxsus harbiy operasiyasi» tufayli ilgari surilmoqda.

«NATO ittifoqchilari hamfikr demokratik davlatlar sifatida bir-birlari bilan mustahkam aloqalarni yanada mustahkamlashlari zarurligini ta’kidladilar. Bosh vazir Jonson Buyuk Britaniya va Portugaliyaning NATO bo‘yicha qarashlari mushtarak ekanligini ta’kidladi va NATOning Ukraina bo‘yicha pozisiyasi yakdil holda qolishi muhimligini ta’kidladi», — deyiladi Britaniya bosh vazirining idorasi xabarida.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, har ikki davlat bosh vazirlari yangi qurollarni yaratishda alyans doirasida yaqinroq integrasiyalashuvga chaqirib, NATO harbiy xarajatlarini oshirish zarurligi haqida kelishib oldilar. Bundan tashqari, Jonson va Kosta Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga kirishi ittifoqni mustahkamlashini qayd etgan.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO Turkiyaning Shvesiya va Finlyandiyaning alyansga qo‘shilishi bo‘yicha pozisiyasi bo‘yicha munosabat bildirib, Anqaraning terror tahdididan xavotirlanishi yangilik emasligini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!