Buyuk Britaniya ukrainalik uchuvchilarni NATO qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatadi

Buyuk Britaniya ukrainalik uchuvchilarni NATO qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatadi

Zelenskiy va Sunakning Londondagi bugungi uchrashuvi oldidan Buyuk Britaniya ukrainalik harbiylarga NATO standartidagi qiruvchi samolyotlarda tayyorgarlikdan o‘tishni taklif qilishini ma’lum qildi.

«Bosh vazir Buyuk Britaniyaning Ukraina harbiylarini tayyorlash bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlashni taklif qiladi, shu jumladan, Ukraina o‘z osmonini kelajakda himoya qilishi uchun uni qiruvchi uchuvchilarga ham tatbiq etadi», — deyiladi Sunak idorasi bayonotida.

Sunak, shuningdek, dengiz piyodalari uchun mashg‘ulotlarni taklif qiladi.

Ukraina o‘z ittifoqchilaridan unga F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirishni bir necha bor so‘ragan, biroq ularning yetkazib berilishi haqida hozircha gap yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!