Buyuk Britaniya sabzavot yetishmasligidan xavotirdi

Buyuk Britaniya sabzavot yetishmasligidan xavotirdi

Mo‘’tadil, iliq kuz mamlakatda sabzavot va kartoshka muddatidan oldin yetilib, bozor haddan tashqari to‘lib ketishiga olib keldi, deb xabar qildi “The Guardian”.

Dekabr-yanvar oylarida pishishi kerak bo‘lgan karam, gul karam va boshqa ayrim sabzavot mahsulotlari allaqachon hosilga kirgan, ba’zilari, hatto, noodatiy darajada kattalashgan.

Britaniya kompaniyalari vakillari gazetaga ma’lum qilishicha, omborlarda yig‘ilib qolgan yuzlab tonna ortiqcha sabzavot kam ta’minlangan oilalarga tarqatilib, qishloqlarga uy jonivorlari uchun ozuqa sifatida yuborilayotgan bo‘lishiga qaramay, hosilning bir qismini, baribir, tashlab yuborishga to‘g‘ri kelmoqda.

Tadqiqotchilar yuzaga kelgan holat 2023 yil boshida sabzavot taqchilligiga olib kelishidan tashvishlanmoqda. Aksariyat ekinlarning keyingi hosilini faqat iyul oyida yig‘ib olish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!