Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi

Buyuk Britaniya Zelenskiyning Londonga tashrifi kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi.

Sanksiyalar «Rossiyaning Ukrainani bombardimon qilishiga javoban, shu jumladan, Putinga shaxsiy boyliklarini qurishda yordam berganlar va Kremlning urush mashinasidan foyda ko‘ruvchi kompaniyalarga qarshi», dedi Dauning-strit.

Shunday qilib, Rossiyaga harbiy texnika va dronlarni yetkazib beruvchi oltita kompaniya, jumladan, Rostexkomplekt, Oboronlogistics va rossiyalik dronlarni ishlab chiqaruvchi ZALA Aero ham sanksiyalar ostida qoldi.

Shuningdek, ro‘yxat Putinning shaxsiy kuchi va boyligi bilan bog‘liq bo‘lgan sakkiz nafar rossiyalik – biznes-ombudsman Boris Titov, neft menejeri Nikolay Yegorov, Regnum targ‘ibot vositalari egasi Sergey Rudnov, Svetlana Krivonogix va boshqa bir qancha tadbirkorlar bilan to‘ldirildi.

Krivonogix Vladimir Putinning «Rossiya banki» ulushiga ega bo‘lgan eski tanishi. Rossiya mustaqil matbuoti uni Putinning noqonuniy qizining onasi deb ataydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!