Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Uolles mudofaa byudjetini 108 milliard dollarga oshirishni e’lon qildi

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Uolles mudofaa byudjetini 108 milliard dollarga oshirishni e’lon qildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles The Telegraph nashriga bergan intervyusida bosh vazir Liz Trass hukumatining 2030 yil oxirigacha mudofaa byudjetini 108 milliard dollarga oshirish rejalarini ma’lum qildi.

"Hozirgi prognozga ko‘ra, biz 2029-2030 yillarga qadar 100 milliard funt sterling miqdoridagi mudofaa byudjeti haqida ketmoqda. Hozirda u 48 milliard funt sterlingni tashkil etadi... Sakkiz yil davomida bu juda katta mablag‘”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha mablag‘lar razvedka va ma’lumot yig‘ishga yo‘naltiriladi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass va AQSh prezidenti Jo Bayden avvalroq ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!