Buyuk Britaniya mamlakatda koronavirus bo‘yicha xavf darajasini pasaytirdi

Buyuk Britaniya mamlakatda koronavirus bo‘yicha xavf darajasini pasaytirdi

Buyuk Britaniya mamlakatdagi koronavirus xavfini maksimal — beshinchi darajadan to‘rtinchi darajagacha kamaytirdi. Tegishli qaror Angliya, Shimoliy Irlandiya, Uels va Shotlandiya sanitariya bosh shifokorlari tomonidan qabul qilindi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qildi.

«Butun mamlakat bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimi avvalgidek sezilarli bosim ostida qolyapti, kasalxonalardagi bemorlarning soni ham yuqori, lekin jamoaviy sa’y-harakatlar tufayli biz barcha asosiy ko‘rsatkichlarning izchil pasayishini kuzatyapmiz. Milliy sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa tibbiy xizmatlar uch hafta ichida bosim ostiga tushib qolishi haqidagi xavotirlar endi yo‘q», — deyiladi qo‘shma bayonotda.

Shu bilan birga, bir oydan buyon kamayib borayotganiga qaramay, virus bilan zararlanishning yangi holatlari va kasalxonaga yotqizishlar, shuningdek, o‘limlar soni «avvalgidek juda baland bo‘lib qolyapti».

Avvalroq Buyuk Britaniyada COVID-19 sabab e’lon qilingan asosiy cheklovlar iyun oyi oxirida bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!