Buyuk Britaniya Gongkongdagi 3 million kishiga o‘z fuqaroligini berishi mumkin

Buyuk Britaniya Gongkongdagi 3 million kishiga o‘z fuqaroligini berishi mumkin

Xitoy hukumati Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi bo‘lgan Gongkongda yangi xavfsizlik qonunini joriy qilmoqchi.Bunga javoban Britaniya hukumati Gongkongdagi deyarli 3 million kishiga uzoq muddatli vizalar hamda fuqarolik berishga tayyorligini bildirdi.

Xitoy parlamenti Gongkongda yangi xavfsizlik qonunini joriy qilishni ma’qulladi. Ammo, ko‘plab demokartiya faollari, diplomatlar va ba’zi biznesmenlar bu qonun Gongkongning yarim avtonomlik maqomi hamda dunyo savdo markazi sifatidagi obro‘siga zarar yetkazishidan xavotirga tushmoqdalar.

Britaniya, AQSH, Avstraliya, Kanada va Yevropa Ittifoqi Xitoy hukumatining bu harakatini qattiq tanqid qilishgan.

28 may kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Dominik Raab agar Xitoy bu qonunni joriy qilsa, Britaniya hukumati xorijdagi britan millatiga mansub 350 ming kishiga o‘z fuqaroligini bershini aytdi. Britaniya Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu qaror Gongkongdagi britan millatiga mansub bo‘lgan 2.9 million kishini ham o‘z ichiga oladi.

“Agar Xitoy bu qonunni joriy qilsa, biz chet eldagi britanlarga Buyuk Britaniyada doimiy yashash uchun kelishlari hamda ularga fuqarolik berishni o‘ylab ko‘ramiz. Biz Gongkong xalqining huquq va erkinliklarini himoya qilishda davom etamiz” deydi ichki ishlar vazirligi kotibi Priti Patel.

Xitoy hukumati yangi xavfsizlik qonuni Gongkongdagi hukumatga qarshi harakatlar,terrorizm va ichki ishlarga chet mamlakatlarning aralshuvi kabi muammolarni hal etishini ta’kidlamoqda. Ushbu qonun shu yilning sentyabr oyigacha kuchga kirishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!