Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning aytishicha, navbatdagi parlament saylovlari oldidan soliqlarni oshirish leyboristlar hukumati rejalariga kirmaydi, biroq kutilmagan inqirozlar yuzaga kelgan taqdirda bu pozisiyani qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini istisno etmadi.
Bu Starmer BBCa bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jiddiy va kutilmagan hodisalar soliq siyosatiga tuzatishlar kiritishni talab qilishi mumkin. U pandemiya yoki harbiy mojarolarni kutilmagan inqirozlar deb tasnifladi.
Bosh vazirning bu bayonoti Moliya kansleri Reychel Rivzning bahsli pozisiyasidan so‘ng yangradi. Shu oyning boshida u soliqlarni oshirishni rad etdi, ammo keyinchalik bu va’dani takrorlashdan to‘xtadi.
Oktyabr oyida byudjet muhokamasi chog‘ida muhokama qilingan so‘nggi soliq choralari Buyuk Britaniyada jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, ish beruvchilarning Milliy sug‘urta badallarining ko‘payishi va fermerlar uchun meros solig‘iga kiritilgan o‘zgartirishlar tanqid qilindi.
Eslatib o‘tamiz, leyboristlar 2024 yil yozida Buyuk Britaniyada navbatdan tashqari parlament saylovlari natijalariga ko‘ra hokimiyat tepasiga kelgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Манчестер Сити" бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоанинг янги аъзоси, Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида ўз фикрини билдирди.
Россия президенти Владимир Путин мамлакат Украина можароси бўйича музокараларга тайёр эканини айтди. Президент Украина расмийларининг ўзлари Россия билан музокара олиб боришни тақиқлаганини эслатди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Давосдаги Жаҳон иқтисодий форумидаги нутқида Қўшма Штатларни саноат ишлаб чиқариши, сунъий интеллект ва криптовалюталар каби соҳаларда етакчига айлантириш ниятида эканлигини маълум қилди.