Buyuk Britaniya barcha turistik yo‘laklarni yopmoqda

Buyuk Britaniya barcha turistik yo‘laklarni yopmoqda

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus holati tufayli Buyuk Britaniya barcha mamlakatlar bilan sayyohlik yo‘laklarini yopayotganini ma’lum qildi, deb yozdi “The Sun”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat COVID-19ning yangi shtammlarini Britaniyaga olib kirishni to‘xtatish uchun shunday qadam tashlagan.

Shuningdek, 18 yanvardan boshlab mamlakatga kelgan har bir kishi uchun o‘zini o‘zi izolyasiya qilish o‘n kun davomida majburiy bo‘ladi.

Ushbu qoidani buzgan shaxs esa 1000 funt sterling miqdorida jarimaga tortiladi.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, cheklov Buyuk Britaniyaning barcha hududlarida qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!