Buyuk Britaniya Alisher Usmonovga nega sanksiya e’lon qildi?

Buyuk Britaniya Alisher Usmonovga nega sanksiya e’lon qildi?

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatda huquqlari chegaralanishi rejalashtirilayotgan olti nafar rossiyalik biznesmenlarning ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda «Kun» xabar berdi.

Bu USM Holdings kompaniyalar guruhi asoschisi Alisher Usmonov, «Chelsi» futbol klubi egasi Roman Abramovich, «Rusala» sobiq prezidenti Oleg Deripaska, aka-uka Arkadiy va Boris Rotenberglar hamda «Rosneft» rahbari Igor Sechin. Ularning ayrimlari allaqachon AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida.

Britaniya hukumati ulardan vizalarini qaytarib olmoqchi, mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan aktivlarining kelib chiqishi va ko‘chmas mulklari qonuniyligini tekshirmoqchi. Hukumat shuningdek AQSh va Yevropa ittifoqi mamlakatlaridagi ittifoqdoshlaridan ular tomondan ham huddi shunday choralar ko‘rilishi to‘g‘risida murojaat qilmoqchi.

«Ushbu ko‘rilayotgan choralardan asosiy maqsad — ularning Buyuk Britaniya, Yevropa va boshqa yerlarda erkin harakatlanishini chegaralashdan iborat», — deydi mamlakat xavfsizlik xizmati vakili.

Britaniya hukumatining rejasi, Solsberida Rossiyada josuslik uchun jazoga hukm etilgan Sergey Skripal, uning qizi Yuliyaning zaharlanishi, shuningdek Londonning da’vo qilishicha, suiqasd qilishda qo‘llanilgan «Novichok» asab-falaj tizimiga ta’sir qiluvchi moddadan mamlakat fuqarolarining bir qanchasi jabrlanganiga javob tarzida amalga oshirilmoqda.

Biznesmenlarning vakillari va ularga yaqin manbalar ularning siyosatga aloqadorligini inkor etmoqda. Masalan, Alisher Usmonovning vakili uning siyosatchilarni faol qo‘llab-quvvatlamasligini, «Chelsi» futbol klubida esa Roman Abramovichning Vladimir Putinga yaqin aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!