Buyuk Britaniya 778 million funt sterlinglik Rossiya neftini sotib olgan

Buyuk Britaniya 778 million funt sterlinglik Rossiya neftini sotib olgan

Buyuk Britaniya Rossiya neftini xarid qilishda davom etmoqda, hujjatlarda esa boshqa davlatlar importchi mamlakat sifatida ko‘rsatilmoqda, deb yozadi Britaniyaning “Sunday Times” gazetasi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasi boshlangandan buyon Britaniya portlariga 200 million funt sterling qiymatidagi Rossiya nefti ortilgan kamida 39 ta tanker kelgan.

Umuman olganda, mart oyidan buyon Buyuk Britaniya 778 million funt sterlinglik Rossiya neftini sotib olgan.

Shu bilan bir hujjatlarda boshqa mamlakatlar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin: imsol uchun, martdan buyon Immingemga kelgan 23 million funt sterlinglik Rossiya nefti hujjatlarda Germaniya, Niderlandiya va Belgiyadan import qilingan deb ko‘rsatilgan.

Gazetaning yozishicha, ekspertlar Britaniyaning ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari va yukni bir kemadan boshqasiga tashish amaliyoti Rossiya neftiga qarshi sanksiya kiritishni qiyinlashtirishi mumkin deb hisoblashmoqda. Chunki hujjatda importchi mamlakat sifatida ishlab chiqaruvchi emas, balki jo‘natgan mamlakat yoziladi. Masalan, Xitoyda ishlab chiqarilgan yuk Britaniyada Germaniya yuki deb ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin, agar uni nemis firmasi import qilgan bo‘lsa.

Iyun oyida yetkazib berish 80 million funt sterlingga baholangan, ammo rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, London Moskvadan neft sotib olmagan.

Gazeta Buyuk Britaniya 5 dekabrdan Rossiya nefti importini taqiqlashini eslatgan.

Avvalroq Rossiya joriy yilning oktyabr oyida Hindistonga neft yetkazib berish bo‘yicha an’anaviy yetakchi davlatlar Saudiya Arabistoni va Iroqni ortda qoldirib, yetakchiga aylangani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!