Buyuk Britaniya 10 yildan keyin benzinli avtomobillar sotishni taqiqlamoqchi

Buyuk Britaniya 10 yildan keyin benzinli avtomobillar sotishni taqiqlamoqchi

Buyuk Britaniya hukumati benzinli transport vositalarini sotishni avval rejalashtirilgan 2040 yilda emas, o‘n yil oldin, 2030 yilda sotishni taqiqlamoqchi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berdi.

Ushbu chora Birlashgan Qirollik yo‘llarida elektromobillarning tarqalishini tezlashtiradi. Yangi «yo‘l xaritasi» sentyabr oxirigacha nashr etilishi kutilgandi.

Manbalarga ko‘ra, yaqinda koronavirus bilan kasallanganlar sonining keskin ko‘payishi sababli hukumat bu masalani 2020 yil oxiriga qoldirgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, Norvegiya 2025 yilda benzin bilan ishlaydigan barcha avtomobillarni sotilishini taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘ladi. Germaniya, Irlandiya va Gollandiya ushbu taqiqni 2030 yilda joriy qilmoqchi. Fransiyada esa 2040 yildan keyin faqat ekologik toza avtomobillargina sotiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!