Buxorolik ayollar Fanlar akademiyasining arxeologlarini kaltaklashgani rostmi? (VIDEO)

Buxorolik ayollar Fanlar akademiyasining arxeologlarini kaltaklashgani rostmi? (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda "Fanlar akademiyasining arxeologlarini Buxorolik ayollar kaltaklashdi" sarlavhasi bilan e’lon qilingan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganida quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 3 iyun kuni soat 11:30 larda Buxoro shahar H.Olimjon mahallasi Govkushon ko‘chasida mehmonxona qurishni mo‘ljallayotgan tadbirkor A.A. arxeolog M.J. bilan birgalikda shu ko‘chada mehmonxona qurishga ruxsat bor yoki yo‘qligini bilish, tarixiy ahamiyatga ega bu joyda qurilish ishlarini boshlash yuzasidan maslahat olish uchun kelganida, shu ko‘chada yashovchi fuqarolar N.Q. va uning turmush o‘rtog‘i N.O.lar ularga faol qarshilik ko‘rsatib, janjallashishgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi "102" Avtomatlashtirilgan tizim orqali berilgan xabar asosida voqea joyiga Buxoro shahar IIOFMB 1-son IIB boshlig‘i va tergov-tezkor guruhi yetib kelib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Hodisa Buxoro shahar IIO FMB da tegishli tatibda qayddan o‘tkazilib, hozirda tergovga qadar surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Surishtiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!