Buxoroda yuk avtomobili yonib ketdi

Buxoroda yuk avtomobili yonib ketdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 3 yanvar kuni soat 14:20 larda Buxoro viloyati, Vobkent tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 241-kilometrida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.R. boshqaruvidagi "Hyundai-Porter" rusumli yuk avtomobilining salon qismida yong‘in yuzaga kelgan (harakat vaqtida). Haydovchi transport vositasini zudlik bilan to‘xtatgan. Yong‘in o‘t uchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Vobkent tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!